Markaziy Osiyo Universitetlari Forumi (MOUF) Jahon banki, YUNESKO, ISESCO, UNICEF, Britaniya Kengashi va Times Higher Education kabi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan bo‘lib, Markaziy Osiyodagi ta’lim kelajagini shakllantirish, innovatsion va transformativ gʻoyalarni almashish uchun platforma boʻlib xizmat qiladi.

Tadbir 2024-yil 16-oktabr kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ochilish marosimi va plenar sessiyada Markaziy Osiyo va butun dunyodan yuqori obro‘ga ega akademik yetakchilar, tadqiqotchilar, siyosatchilar hamda ta’lim hamjamiyatining taniqli vakillari ishtirok etadi. MOUF ishtirokchilari Markaziy Osiyoda taʼlimni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar haqida fikr yuritadilar va sohani rivojlantirishni boʻyicha kelgusi rejalar va tashabbuslarni belgilaydilar.

Asosiy tadbirdan tashqari, mavzular ko‘lamini kengaytirish va ishtirokchilarni mahalliy tariximiz hamda madaniyatimiz bilan tanishtirish maqsadida forum oldi va forumdan keyingi tadbirlar ham tayyorlangan.

Forum oldi tadbirlar:

2024-yil 12-15-oktabr kunlari Markaziy Osiyo ma’naviy - intellektual rivojlanish ma’ruzalarida taniqli ma’ruzachilar, jumladan, Nobel mukofoti laureatlarining ochiq ma’ruzalari tashkil etiladi. Ushbu ma’ruzalar Markaziy Osiyo mintaqasi talabalari, akademiklar va ta’lim sohasi mutaxassislari uchun ilm-fanning so‘nggi yutuqlaridan xabardor bo‘lish imkoniyatini beradi.

Forumdan keyingi tadbirlar:

024-yil 17-oktabr kuni Toshkentning madaniy va ma’rifiy meros obidalari boʻylab bir kunlik ekskursiya tashkil etiladi. Ushbu sayohat Forum ishtirokchilariga shaharning boy tarixiy merosi haqida ko‘proq ma’lumot olish imkonini beradi. Ishtirokchilar bozorlar, tinch maydonlar va diqqatga sazovor tarixiy joylarda bo‘ladilar. Ekskursiya shaharning asrlar davomidagi evolyutsiyasini yoritib beradi va tashrif buyuruvchilarga uning Markaziy Osiyodagi asosiy sayyohlik yo‘nalishlaridan biri ekanligini namoyish etadi. Shahar bilan tanishish ishtirokchilarga qadimiy va zamonaviy ishlanmalarning o‘ziga xos uyg‘unligidan bahramand bo‘lish va mahalliy mehmondo‘stlik qadriyatlarimiz bilan tanishish imkonini ham beradi.

Sizni o‘sish, fikr yuritish va hamkorlik uchun ushbu ajoyib imkoniyatdan foydalanishga taklif qilamiz.

Har bir tadbir uchun alohida ro‘yxatdan o‘tish belgilangan bo‘lib, bu ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan yo‘nalishda yetarlicha bilim va ko‘nikmalarni olish imkonini beradi. Forum doirasida tashkil etiladigan barcha tadbirlar haqida ma’lumot keying sahida joylashtirilgan.

MOUFga qo‘shiling va buyuk tariximizdan ilhomlanib, kelajakda innovatsiyalar va ilm-fan taraqqiyoti orqali erishadigan kashfiyotlarimizda biz bilan birga bo‘ling.

IKKINCHI KUN | 2024-YIL, 16-OKTABR

Forum kuni

08:30 - 09:30
Roʻyxatdan oʻtish
09:30 - 09:40
MOUF ochilishi
09:40 - 10:40
Plenar sessiya (taklifnoma boʻyicha)
10:40 - 11:00
Taqdirlash marosimi
11:00 - 11:30
Qisqa tanaffus
Panel sessiyalar
11:30 - 12:30
Markaziy Osiyo universitetlari: rivojlanish sari qadam tashlash


Spikerlar:
Wolfgang Herrmann
Prezident
“Yangi O‘zbekiston” universiteti
Rita Almeida
Yevropa va Markaziy Osiyo Global ta’lim amaliyoti bo‘yicha Menejer,
Jahon banki
Ilesanmi Adesida
Provost,
Nazarboyev universiteti
Timothy O'Connor
Prezident
Markaziy Osiyodagi Amerika universiteti
Emma Harden-Wolfson
Dotsent professor
McGill University

Moderatorlar:
Friederike Hettinger
Boshqaruvchi direktor,
TUM International GmbH
12:30 - 13:15
Ilm-fan va iqtisodiyotni integratsiyalashtirish: Universitet va sanoat hamkorligining afzalliklari


Spikerlar:
Siew Peng Yim
Boshqaruvchi direktor,
Times Publishing Group
Saud bin Ayed Al-Shammari
Osiyodagi ishlar bo‘yicha bosh menejer,
Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi
Charles Clarke
Buyuk Britaniyaning sobiq ichki ishlar vaziri
Kanokpan Lao Araya
Hududiy direktor,
Osiyo taraqqiyot banki
Moderator:

TBD
13:15 - 14:30
Qisqa tanaffus
14:30 - 15:15
O‘quv dasturlarini yangilash: O‘quv dasturlarini Markaziy Osiyo mehnat bozori talablariga moslashtirish


Spikerlar:
David Finegold
Ta’sischi va ijrochi direktor
National College Transfer Network
Daniel T.L. Shek
Vitse-prezident o‘rinbosari
Gonkong politexnika universiteti
Jane Baker
Xalqaro rivojlanish boʻyicha vitse-prezident,
Pearson
Jane Mann
Ta’lim bo‘yicha direktor,
Cambridge University Press & Assessment
Moderator:
Bekhzod Khoshimov
Dotsent
Abu Dabidagi Nyu-York universiteti
15:15 - 16:00
Reputatsiya, jozibadorlik va bardoshlilik: Yosh universitetlar qanday qilib rivojlanadi?


Spikerlar:
Yusra Mouzughi
Provost
Birmingem universiteti, Dubay
Ebrahim Al Hajri
Prezident
Xalifa fan va texnologiya universiteti
Manuel Barcia
Lids universiteti global hamkorlik dekani
TBD

Moderator:
Eleanor Kramers
Boshqaruvchi direktor,
Montfort Yevroosiyo
16:00 - 16:30
Qisqa tanaffus
16:30 - 17:15
Yangi ta’lim muassasalar uchun yangicha hamkorlik modellari


Speakers:
Vijay Kumar
Vitse-prezident katta maslahatchisi
Yerkin Tatishev
Kusto Group asoschisi va raisi
Olmaota menejment universiteti
Norbert Csizmadia
John von Neumann universiteti vasiylar kengashi prezidenti
Denise Waddingham
Mamlakatlar bo‘yicha direktor
British Council Uzbekistan

Moderator:
Aliya Kaymoldinova
Xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktor,
Nazarboyev universiteti
17:15 - 18:00
THE tomonidan reytinglar bo‘yicha mahorat darsi


Spiker:
Klara Spustek
Impact Ranking bo‘yicha kichik mutaxassis
Times Higher Education
18:00 - 18:20
Kelajakni oʻzgartirish: Markaziy Osiyodagi yosh universitetlarning yangi qarashlari


Spiker:
Alan Ruby
Oliy taʼlim ittifoqining katta ilmiy xodimi
Pensilvaniya universiteti

Moderator:
Phil Baty
Global masalalar boʻyicha bosh direktor
Times Higher Education
18:20 - 18:30
Yopilish


Spikerlar:
Wolfgang Herrmann
Prezident
“Yangi O‘zbekiston” universiteti
Phil Baty
Global masalalar boʻyicha bosh direktor
Times Higher Education